Ayollar jamoamiz chempionatning 3-turida “Neftchi-W” mehmoni bo’ldi va yirik 5:0 hisobida g’alabaga erishdi.
Uchrashuvda Mahliyo Nazarqulova hisobni ochgandi. Keyin esa Albina Boboqulovaning benefisi boshlanib ketdi va u to’rt gol urib, poker qayd etdi.
Shu orqali ayollar jamoamiz mavsumdagi ilk g’alabasini nishonladi.