Ayollar Superligasining yangi mavsumi startiga oz vaqt qolmoqda. O’tgan mavsumning ikkinchi yarmida jamoaga kelib qo’shilgan Muxlisa Mardiyeva 2023-yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik, yangi bosh murabbiy bilan ishlash xaqida to’xtaldi.
Eslatib o’tamiz, ayollar jamoamiz yangi mavsumning dastlabki turida “Bunyodkor-W” maydoniga safar uyushtiradi. Ushbu uchrashuv 17-aprel kuni o’tkaziladi.
– Yangi mavsumga tayyorgarlik haqida. Nazorat o’yinlaridagi harakatlarizdan qoniqish hosil qildizmi?
– Mavsumga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Yangi murabbiy va yangi jamoadoshlar bilan ishlash boshida biroz qiyin bo’ldi. Nazorat o’yinlari davomida asta-sekinlik bilan bir-birimizni tushunib oldik. To’g’risini aytsam, mavsumoldi o’yinlaridagi harakatlarimdan qoniqish xosil qilmadim. O’z ustimda ko’proq ishlash niyatim bor.
– Yangi mavsum haqida fikrlaringiz. Yangi bosh murabbiy bilan ishlash qiyin bo’lmayaptimi?
– Ushbu mavsumda jamoa oldiga jiddiy maqsad qo’yilgan – kuchli uchlik. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun qo’ldan kelgancha harakat qilamiz. Yangi bosh murabbiy Vohid Xolboyev bilan ishlashda boshida ozgina qiynaldik, chunki uning talablari yuqoriroq edi. Xudo xohlasa, bosh murabbiyning ko’rsatmalarini to’g’ri bajarsak, yaxshi o’rinlarni egallaymiz.
– 2023-yilda 7-raqamda o’ynaysiz. Ushu raqam ostida nechta assist qayd etishni istaysiz?
– Ushbu mavsumni yarim himoyachi sifatida o’tkazaman. Rejamdan ko’proq gol va assistlarni amalga oshirish o’rin olgan. Asosiysi – g’alabalarda jamoaga yordam berish. Barchasi o’z qo’limizda, agarda har bir o’yinga katta ishtiyoq, xarakter bilan chiqsak, albatta, g’alabalarga erishamiz. Bizni qo’llab-quvvatlayotgan “Lokomotiv” PFK rahbariyatini, bosh murabbiyning yuzini yorug’ qilishni istaymiz. Yangi mavsumda jamoadoshlarimga omad tilayman.