Voxid Xolboyev boshchiligidagi “Lokomotiv-W” jamoasi bugun TTYMI stadionida o’rtoqlik o’yinini o’tkazdi.
Unda raqib sifatida Parij-2024 Olimpiada saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Midori Xonda murabbiylik qilayotgan O’zbekiston ayollar termasi bo’ldi.
Uchrashuvda milliy terma 3:0 hisobida g’alabaga erishdi. Qayd etish kerak, uchrashuvda “Lokomotiv-W” futbolchisi Madina Voxidova milliy terma tarkibida maydonga tushdi.