Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi U-17 O’zbekiston terma jamoasi ayni damda Antaliya shahrida o’quv-yig’in mashg’ulotlarini olib bormoqda.
Ushbu yig’inga “Lokomotiv”dan Aminbek Yoqubov, Lazizbek Mirzayev, Oybek O’rmonjonov hamda Quvonchbek Abrayev ham jalb etilgan.
Qayd etish kerak, U-17 termamiz sardori Lazizbek Mirzayev kecha “Lokomotiv” ixtiyorini tark etib, terma yig’inlariga qo’shildi.
Ushbu yig’in doirasida Marokash, Chexiya Respublikasi va Avstraliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar.