Antaliyadagi uchinchi nazorat o’yinida durang

“Lokomotiv” Turkiya yig’ini doirasidagi uchinchi sinov-nazorat o’yinida qatnashdi.

Kuchli shamol bo’lishiga qaramasdan ikkala jamoa ham hujumkor o’yin namoyish qilishdi, biroq ob-havo injiqligi futbolchilarga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Bahsning 25-daqiqasida kosovoliklar sardori ©️ Ahmed Yanuzi hisobni ochdi. O’sha daqiqaning o’zida Shime Jujul o’z goli bilan hisobni tenglashtirib qo’ydi.

Bahs yakuniga qadar ikkala jamoa vakillarida ko’plab imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq boshqa gol urilmadi.

“Lokomotiv” – “Dukajini” 1:1
Gollar: Ahmed Yanuzi (25, 0:1), Shime Jujul (25, 1:1).

“Lokomotiv”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Samuel Opeh, Manuchehr Safarov, Oleg Zoteev, Javohir Abdualimov, Lazizbek Mirzayev, Sanjar Qodirqulov, Ivan Solovyov, Rustam Soirov, Shime Jujul.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiyev, Dilshodjon Komilov, Maqsudxo’ja A`loxo’jayev, Jaloliddin Jumaboyev, Abdulloh Yo’ldoshev, Sherzodjon Komilov, Nurmuhammad Toshpo’latov, Marat Bikmayev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov, Mahdi Abduraimov, Maruf Jumayev.

“Dukajini”: Altik Muhaxhiri, Ilir Sila, Sendrim Kameray, Dior Zabyorgya, Milosh Zenunay, Labinot Yashanitsa, Granit Elezay, Ahmed Yanuzi, Rinor Kuqi, Ilyasa Zulfiu, Rion Selimi.
Zaxiradan tushganlar: Kenan Hashihamza, Vitor Hugo, Blerind Morina, Ardin Dalku, Elton Basriu.

photo_2023-01-27_19-12-22