O’tgan mavsumda “Lokomotiv”ning U-19 jamoasiga kelib qo’shilgan va tezda o’z qobiliyatlarini namoyish qilib U-21 jamoamizning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Maqsudxo’ja A`loxo’jayev “Lokomotiv” bilan professional shartnoma imzoladi.
2004-yilda tug’ilgan futbolchimiz o’tgan yil davomida U-21 jamoamizning g’alabalarida, mavsumni 2-o’rinda yakunlashida o’zining munosib xissasini qo’shdi. Kecha u klub bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yaqindagina Lazizbek Mirzayev ham “Lokomotiv” bilan professional shartnoma imzolagandi. Klub bu bilan to’xtab qolmaydi va yosh, umidli futbolchilar bilan ishlashda davom etadi!