🚂 “Temiryo‘lchilar” safiga qo‘shilgan xorvatiyalik hujumchi Shime Jujul o‘zining dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Toshkentga kelib birinchi his qilganim havoning juda sovuqligi bo‘ldi, – deydi 27 yoshli forvard. – Haqiqatan bu yer juda sovuq ekan. Bugun jamoa bilan dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdim va menda hammasi iliq taassurot qoldirdi. Jamoadagilar menga klub tarixi haqida so‘zlab berishdi. “Lokomotiv”ning bungacha 3 karra O‘zbekiston chempioni va Kubok sohibi hamda ikki bor Superkubok g‘olibi bo‘lganidan xabarim bor. Endilikda biz ham yangi tarix yaratishga harakat qilamiz. Mening maqsadim – “Lokomotiv”da o‘ynab ko‘proq gol urish va shu yilning o‘zida Superligaga qaytish uchun jamoaga yordam berish.