🚂 Klubimiz Jasur Jaloliddinov bilan hamkorlikda ajoyib tanlov e’lon qiladi.
👕 Siz Jasur Jaloliddinovning libosini yutishingiz va libosni aynan Jasurning o’zidan qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin! Ajoyib-a!
⚽️ Osiyo chempionatida termamizning tayanchi bo’lgan, o’zining super gollari bilan muxlislarning e’tiborini yanada qozona olgan Jasur Jaloliddinovning o’zi g’olibni aniqlab beradi.
🔗 Tanlov “Lokomotiv” PFKning Instagramdagi rasmiy akkauntida o’tkaziladi.
Ushbu tanlovda qatnashish uchun shartlar oddiy:
⏺ Siz klubimizning instagram akkauntiga a’zo bo’lishingiz kerak
⏺ Ushbu postga layk bosgan bo’lishingiz kerak
⏺ Ushbu post tagiga kamida 5 nafar do’stingizni belgilashingiz kerak
👉 Jasur Jaloliddinov g’olibni 2-avgust kechasi “Lokomotiv” PFKning Instagramdagi rasmiy akkauntida jonli efirda aniqlab beradi va uning o’zi libosni 3-avgust kuni “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi tanaffusi vaqtida topshiradi.