Futzal bo’yicha mamlakat chempionati 2021/22-yilgi mavsum startida jamoamiz safiga kelib qo’shilgan darvozabon Ravshan Eliboyev faoliyatini Qozog’istonda davom ettiradi.
O’zbekiston milliy terma jamoasi posboni, 2021-yilgi jahon chempionatida termamiz sharafini munosib himoya qilgan Ravshan Eliboyev Qozog’istonning “Kaspiy” futzal jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
⚽️ Garchi darvozabon bo’lishiga qaramasdan Eliboyev ushbu mabsumda 3 bora raqiblari darvozasini ishg’ol qildi.
Fursatdan foydalanib, Ravshan Eliboyevning xalqaro faoliyatiga omad tilab qolamiz!✊