“Lokomotiv” futzal jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev 4-tur yakunlari borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
– 4-tur o‘yinlari haqida. Mavsumda ilk marta mag‘lub bo‘ldik. Keyin esa og‘ir o‘tishi kutilgan o‘yinda 11ta gol urdik.
– Ushbu turda o’z oldimizga qo’yilgan maqsadga erisha olmadik. Chempionlikdagi asosiy raqobatchimiz AGMKni mag’lub etishni istagandik. Ushbu bahsdan to’g’ri hulosa chiqargan holda “Nasaf” bilan o’yinga maydonga tushdik. Ruxiy va taktik tayyorgarlik yaxshi bo’ldi. Shu orqali o’yinimizni muvaffaqiyatli yakunladik.
– Ushbu mavsumda 2ta gol urdiz. Mavsum yakunigacha nechta gol urishni istaysiz?
– Darvozabon bo’lib, gol urish yoqimli holat albatta. Bu mavsumda 10ta gol urishni niyat qilganman. Nasib etsa, maqsad sari olg’a boramiz!
– Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yinda masalani hal qilgan golni urdingiz. Buni 1-o‘yinda Igitaning goliga javob deb ayta olasizmi?
– Qozog‘istonga qarshi ikkala bahs ham biz uchun muhim edi. Shu kunga qadar ulani mag’lub eta olmagandik. Tarixni yangilashni astoydil istadik. Shukurki bunga erishdik ham. Albatta, golim orqali Igitaga javob berdim deb hisoblayman. Bunday ishni qilish bizning ham qo’limizdan kelishini ko’rsata oldik.
– Yangi yil tilaklaringiz.
– Kirib kelayotgan 2022-yil barchamizga quvonch, ulkan g’alabalar, biz sportchilarga esa qo’yilgan vazifalarni a’lo darajada yakunlab, yuqori o’rinlarni qo’lga kiritish nasib qilsin. Doimo yurtimiz bayrog’i va madxiyasi jahon arenalarida yangrayversin.