Xabaringiz bor, 3-13-oktabr kunlari Srechko Katanes boshchiligdagi O’zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyada yig’in o’tkazadi va u yerda Iordaniya hamda Malayziya termalariga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi.
Shu sababli yuzaga keladigan tanaffusdan unumli foydalangan holda 1-oktabr kuni Bekobodda “Metallurg” bilan bahs olib borgan asosiy jamoamiz 5-oktabrga qadar kichik ta’til oldi.
Jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 17-oktabr kuni “Andijon”ga qarshi bo’lib o’tadi.