– Qiziq va qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimiz uchun tavakkal qildik. Himoyaga kamroq e’tibor bergan holda hujumni o‘yladik. Menimcha bu o‘z samarasini berdi. O‘ylashicha, xarakter ko‘rsata oldik.
– “Lokomotiv”dagi debyut golingizni urdingiz. Raqiblardan bunchalik oson o‘tib ketishingizni sezganmidingiz?
– Debyut golimni urganimdan xursandman. Hisobda ortda borayotgan paytimizda raqiblar himoyada zich o‘ynay boshlashdi, deyarli 7-8 futbolchi bo‘lib himoyalanishdi. Shu sababli aldovchi harakatlarga e’tibor berish kerak edi. Gol urgan vaziyatda eng to‘g‘ri qaror deb shuni bildim. Asosiysi – o‘ylagan ishim amalga oshdi. Jamoaning g‘alabasida o‘zimning hissamni qo‘shganimdan xursandman.
– Golingizni Islom Qobilovning kechagina tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga bag‘ishladingiz. Buni o‘yin oldidan barcha futbolchilar bilan birga kelishib olganmidingiz?
– Yo‘q, unday bo‘lmagandi. Islom Qobilov bilan birga “Bunyodkor” akademiyasida birga katta bo‘ldik, bir jamoa tarkibida o‘ynadik. U bilan munosabatlarim a’lo darajada. Shu sababli o‘yin oldidan Islomga gol urishga va golni uning farzandiga bag‘ishlashga so‘z bergandim.