Yoshlar futboli boʻyicha yurtimizning koʻzga koʻringan mutaxassislaridan biri Rifat Akramxo’jayev “Lokomotiv”da yana ish boshladi.
Rifat Akramxo’jayev “Lokomotiv”da taxlilchi-seleksioner murabbiy sifatida ishlaydi va asosiy jamoamizning analitik ishlarini olib boradi.
Eslatib o’tamiz, Rifat Akramxo’jayev boshchiligida 2019-yil o’rinbosarlar jamoamiz U-21 Birinchiligida chempionlikka erishgan bo’lsa, o’tgan mavsumda U-18 jamoamiz o’z birinchiligida 3-o’rinni qo’lga kiritdi.