Shahar chempionatida 5ta jamoamizdan to‘rttasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi

➡️ Toshkent shahar chempionatida 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda. 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilarimiz bu turni 5 aprel kuni TFAga qarshi o‘tkazadi.

➡️ 4 aprelda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Lokomotiv-2006” “Smart” jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. 2007 yil tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimiz esa prinsipal uchrashuvda “Paxtakor”dan 2:1 hisobida ustun kelishdi.

➡️ “Lokomotiv-2008” BO‘SM-16 darvozasiga javobsiz 3ta gol urgan bo‘lsa, “Lokomotiv-2009” “Traktor” bilan o‘yinda 0:0 hisobini qayd etdi.

⚽️ 2005. 4-tur. 5 aprel. “Lokomotiv” – TFA
⚽️ 2006. 4-tur. 4 aprel. “Lokomotiv” – “Smart” 6:1
⚽️ 2007. 4-tur. 4 aprel. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 2:1
⚽️ 2008. 4-tur. 4 aprel. BO‘SM-16 – “Lokomotiv-A” 0:3
⚽️ 2009. 4-tur. 4 aprel. “Traktor” – “Lokomotiv-B” 0:0