🎤 Ayollar jamoamiz bosh murabbiyi qur’a haqida nimalar dedi?

✅ Kecha Ayollar Oliy ligasining 2021 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan keyin “Lokomotiv-W” bosh murabbiyi v.b. Dmitriy Smirnov qur’a borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.👇

– Qur’a meni hayron qoldirmadi. Jamoalarning kuchi teng. Favoritlar o‘zgarmagan. Qo‘shimcha qilishim kerakki, qolgan jamoalar favoritlarga yetib olish uchun harakat qilishadi. Oldimizda Buxorodagi og‘ir safar o‘yini, keyinchalik o‘z maydonimizda “Sevinch” bilan bahs va 3-turda “Navbahor” maydoniga safar kutib turibdi. Ha, shak-shubhasiz qiyin bo‘ladi. Ayollar ligasi ham rivojlanib, o‘sib bormoqda, jamoalar liganing darajasini oshirish yo‘lida harakat qilmoqda. Klublar ham, PFL ham tashkilotchilik planida o‘sishga erishmoqda.

– Ayollar jamoamizning ambitsiyalari qanday?
– Ayollar jamoamizga yangicha yo‘nalish olib kirishni niyat qilganmiz. Yangi futbolchilar olib keldik va yoshlarga imkoniyat berish niyatimiz bor. Bu jarayon uzoq vaqtni talab qildi. Murabbiy Sanjar Fayziyev bilan juda katta seleksion ishlarni olib bordik. Bu yo‘nalish esa ko‘p o‘tmasdan o‘z mevasini berishi kerak. Albatta, e’tiborimiz o‘yin sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shu boisdan chempionatda ko‘proq g‘alabaga erishishga harakat qilamiz.