⚽️”Lokomotiv” fan-klubi hamda U-14 jamoamiz ishtirokida o’rtoqlik o’yini o’tkazildi

Ma’lumki, o’tgan mavsumda koronavirus pandemiyasi sababli muxlislar bilan ishlash borasida muammolar bo’ldi va ko’plab loyihalarni bekor qilishga majbur bo’lgandik. 👇

✅2021-yilga kelib esa Coca Cola Superliga o’yinlariga muxlislar kiritilishini inobatga olib, ular bilan ishlash, yoshlarni futbolga qiziqtirish maqsadida yana bir necha loyixalarni boshlab qo’ydik. Bugun Sunnat Abdurasulov boshchiligidagi U-14 jamoamiz hamda Sa’dulla Muzaffarov rahbarligidagi “Lokomotiv” fan-klubi o’zaro o’rtoqlik o’yini bo’lib o’tdi.

Do’stona ruxda o’tgan bahsda U-14 jamoamizning kichik 1️⃣:0️⃣ hisobidagi g’alabasi kuzatildi.

Ushbu mavsumda fan-klubimiz a’zolari hamda asosiy jamoamiz futbolchilari ishtirokida ham kichik o’rtoqlik o’yinlari tashkil qilishni niyat qilganmiz! Siz ham fan-klubimizga a’zo bo’ing va asosiy jamoamiz futbolchilariga qarshi o’ynang!😍