Bugun futbol. “Surxon” – “Lokomotiv” 🚂⚽️

Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Termizda “Lokomotiv” “Surxon” mehmoni bo‘ladi.👇

➡️ Turnir jadvalida “Surxon” 4 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa to‘rtta o‘yindan bittasida g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynadi va ikki bor mag‘lub bo‘ldi. To‘plar nisbati 3-4.

➡️ “Surxon” mavsumni o‘z maydonida “Metallurg”ga qarshi bahs bilan boshlab 1:0 hisobida zafar quchdi. So‘ngra jamoa safarda “Andijon”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Termizda “Qo‘qon-1912” bilan 1:1 o‘ynadi. O‘tgan tur esa termizliklar g‘alaba qozonishlari mumkin bo‘lgan bahsda “So‘g‘diyona”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

➡️ “Lokomotiv” ushbu chempionatni qatorasiga ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. “Temiryo‘lchilar” dastlab safarda AGMK va uyda “Navbahor”ga imkoniyatni boy berishdi. Oxirgi ikkita o‘yin esa duang natija bilan yakun topdi. “Loko” hozirda 2 ochko bilan 13-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 5-7.

Bugungi bellashuv ham qiziqarli bo‘lishi kutilyapti. Imkoniyatlar borasida ustunlik mehmonlar tomonida. To‘g‘ri, “Surxon” o‘z maydonida o‘ynaydi, biroq tarkibdagi futbolchilar mahorati tomonlama “Lokomotiv” kuchli.

⚽️ Coca Cola Superligasi. 5-tur
✅ “Surxon” – “Lokomotiv”
Bosh hakam: Akobir Shukrullayev
Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov.
Zaxira hakami: Viktor Grigoryev.
Nazoratchi: Arslon Hotamov
Komissar: O‘ngar Jalimov