🎤 Mikael Sekeyra: “3 oylik mehnat samarasi endi ko‘rina boshlandi”

Superliganing 5-turida “Surxon”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.👇

– Birinchi bo‘limda o‘yin zo‘r bo‘ldi. Bo‘lim davomida futbolchilar o‘z vazifalarini yaxshi bajarishdi. Dastlabki taymdayoq ikki yoki uchta gol urishimiz ham mumkin edi.
Ushbu mavsumda hali g‘alabaga erishmaganimiz uchun futbolchilar ikkinchi bo‘limda biroz asabiylashishni boshladi. O‘z navbatida “Surxon” jamoasida ham yaxshi vaziyatlar bo‘lganini aytib o‘tish kerak.
Futbolchilarimni tabriklayman. Bugun “Lokomotiv”ga kelganimga 3 oy bo‘ldi. Ilk kundanoq futbolchilar juda qattiq ter to‘kishgandi va ularning mevasi bugun ko‘rina boshlandi.
“Surxon” futbolchilari va murabbiyiga ham rahmat aytib qo‘yaman. Raqiblarda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Bu biz uchun dars bo‘ldi va buni ko‘rib chiqamiz.
Shuningdek, “Surxon” jamoasi muxlislariga ham rahmat aytaman. Ular haqiqiy futbol atmosferasini yaratib berishdi. Barchaga omad tilayman. Biz esa navbatdagi muhim o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.