Shahar chempionatida 3ta tur o‘tkazildi. “Lokomotiv” natijalari qanday?

👉 Bu yilgi Toshkent shahar chempionatida dastlabki uchta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

✅ Ushbu musobaqada “Lokomotiv” futbol maktabining to‘rtta yosh toifasida futbolchilari ishtirok etmoqda. Bular – 2005, 2006, 2007 va 2008 yillarda tug‘ilgan futbolchilarimiz. Quyida har bir guruhning dastlabki 3 turda qayd etgan natijalarini keltirib o‘tamiz.

✅ 2005 yillar. Bosh murabbiy – Saydullo Tursunov
“Lokomotiv”-2005 3 o‘yindan ikkitasini g‘alaba bilan yakunladi. Saydullo Tursunov shogirdlari avvaliga “Chig‘atoy”ni, so‘ngra BO‘SM-16ni mag‘lub etishdi. Faqat “Bunyodkor” bilan o‘yinda omad kelmadi.

1-tur. 7 mart. “Lokomotiv” – “Chig‘atoy” 3:1
2-tur. 14 mart. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 3:1
3-tur. 28 mart. “Lokomotiv” – BO‘SM-16 5:0

✅ 2006 yillar. Bosh murabbiy – Sunnat Ro‘ziyev
2006 yilda tug‘ilgan futbolchilarimiz ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng o‘tgan turda durang qayd etishdi.

1-tur. 7 mart. “Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:1
2-tur. 14 mart. “Lokomotiv” – “Odil Ahmedov-1” 1:2
3-tur. 28 mart. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:1

✅ 2007 yillar. Bosh murabbiy – Sunnat Abdurasulov
Hozircha ikkita o‘yinda maydonga tushgan 2007 yil tarbiyalanuvchilarimiz har ikkala bahsni g‘alaba bilan yakunlashdi.

1-tur. 7 mart. “Shtutgart” – “Lokomotiv” 2:3
2-tur. 14 mart. “Sergeli” – “Lokomotiv” 1:9
3-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” (qoldirilgan)

✅ 2008 yillar. Bosh murabbiy – Stanislav Proxorov
Uchta o‘yin – uchta g‘alaba. Stanislav Proxorov boshchiligidagi 2008 yil tug‘ilgan futbolchilarimiz dastlabki 3 uchrashuvning barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

1-tur. 7 mart. “Odil Ahmedov” – “Lokomotiv” 0:1
2-tur. 14 mart. “Lokomotiv” – “Bunyodkor-A” 1:0
3-tur. 28 mart. “BFK Aziya” – “Lokomotiv” 0:4