Ota-onalar diqqatiga! Farzandingiz “Lokomotiv” futbolchilari bilan suratga tushishini xohlaysizmi? 🚂📸

👍 “Lokomotiv” PFK futbolga qiziqqan bolajonlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Agar farzandingiz futbolga qiziqsa va mashhur futbolchilar bilan suratga tushish istagi bo‘lsa, biz Sizlarga ajoyib imkoniyat taqdim etamiz.

✅ 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” – “Qizilqum” o‘yinida stadionga tashrif buyurgan bolajonlar asosiy tarkib futbolchilari bilan esdalik suratga tushish imkoniga ega bo‘lishadi.

⚽️ Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Qizilqum” bahsi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:15da boshlanadi.

➡️ Farzandining futbolchilarimiz bilan suratga tushishini xohlovchi ota-onalar shu kuni soat 15:30dan kechikmay stadionga kelishlari so‘raladi (10-sektor oldiga).

Murojaat uchun: 900031981