Bugun futbol. “Lokomotiv” – “Qizilqum”

Bugun Coca Cola Superligasining 4-tur “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

✅ “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 16:15da boshlanadi. Turnir jadvalida “Loko” 1 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. “Qizilqum” 5 ochko to‘plab 6-o‘rinda boryapti.

🚂 Shu paytgacha 3ta o‘yin o‘tkazgan “temiryo‘lchilar” ikki mag‘lubiyat va bir durang qayd etishdi. “Loko” safarda AGMK, o‘z maydonida “Navbahor”dan mag‘lub bo‘ldi. “Turon” bilan kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

➡️ “Qizilqum” ilk turni o‘z maydonida “Andijon”ga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida zafar quchdi. So‘ngra ketma-ket ikki bor durang o‘ynadi. Durang natija safarda “Qo‘qon-1912” va uyda “So‘g‘diyona” bilan kechgan bahslarda ro‘y berdi.

💪 Toshkentda “Qizilqum”ga qarshi oxirgi o‘yinni yodga olsak, o‘tgan yil jamoamiz 3:0 hisobida zafar quchgan. Mazkur bahsda Avazbek O‘lmasaliyev, Kirill Pogrebnyak va Diyor Turopovning gollari jamoamizga uch ochkoni taqdim etgandi.

photo_2021-04-03_11-40-53