Mikael Sekeyra: “Lokomotiv”ning maqsadi chempionlikka kurashish. Ish jarayonimiz davom etmoqda”

Superliganing 4-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra qatnashdi.

— O’yin juda ham chiroyli bo’ldi. Futbolchilarning barchasi g’alaba uchun harakat qilishdi. Barchaning reaksiyasi 2-bo’limda yaxshi bo’ldi. 1-bo’limdan keyin hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Bir necha vaziyatlar yaratdik. Biz taktik jihatdan barchasini to’g’ri qildik. Hisob 2:1 ham, 3:1 ham bo’lishi mumkin edi, lekin unday bo’lmadi natija. Temurxo’ja bosh bilan zarba berganida va boshqa bir necha vaziyatlar bo’ldi bizda. Faqatgina omad etishmayapti bizga. Yigitlarni tabriklayman! Ular o’zlarining harakterlarini ko’rsata olishdi. Qo’ldan kelgancha harakat qilishdi. Ha, g’alaba qozona olmadik. Barchasiga men javobgarman. Menda hamon o’zbek futboliga moslashish jarayoni bo’lmoqda. Yigitlar harakat qilishmoqda, men ishonaman, hali natija bo’ladi. “Qizilqum”ga ham o’yin uchun rahmat! Yaxshi harakat qilishdi. Hakamlar ham o’z ishlarini yaxshi qilishdi”, – deydi Sekeyra.