Futzal. Jamoamiz 12-turda 4 ochko jamg’ardi

Kecha Jizzax shaxrida futzal bo’yicha O’zbekiston Chempionatining 12-tur o’yinlari yakunlandi.

Ushbu tur doirasida “Loko” futzalchilari ikki prinsipial raqiblari bilan bahs olib bordi va hisobiga 4 ochkoni yozdirib qo’ydi. 26-fevral kuni “Metallurg”ga qarshi o’yinda 2 to’p farqi bilan mag’lub bo’lib turgan futzalchilarimiz yakunda 3:2 hisobida g’alabaga erishgan bo’lsa, “Paxtakor” bilan uchrashuvda ham jamoamiz 2 to’p farqini final hushtagi chalinishiga 3 soniya qolganida 1 ochkoni rasmiylashtirishdi.

METALLURG — LOKOMOTIV 2:3
⚽️ Odiljon Asomov (4, 1:0), Islombek Bito‘rayev (12, 2:0), Jamoliddin Normirzayev (13, 2:1), Sarvar Shoahmedov (22, 2:2), Sarvar Shoahmedov (40, 2:3)..

PAXTAKOR — LOKOMOTIV 2:2
⚽️ Akbar Usmonov (13, 1:0) , Avazbek Abduvaliyev (16, 2:0), Jamoliddin Normirzayev (24, 2:1), Akmal Elmurodov (40, 2:2)
📹 Uchrashuv videosi