Ikkinchi taym qorga aylangan o‘yinda jamoamiz durang qayd etdi ⚽️

➡️ Bugun TTYMI stadionida “Lokomotiv” va “Surxon” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

➡️ Navbatdagi sinov-nazorat bahsi tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakun topdi.

✅ “Temiryo‘lchilar” safida Sanjar Qodirqulov bilan Ibrohim Gʻanixonov gol muallifi bo‘lishdi.