📹📸 “Lokomotiv” Turkiyadagi uchinchi nazorat o’yinida yirik hisobda g’alabaga erishdi

Ayni paytda Turkiyada yig‘in olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi biroz avval uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Raqib Ukraina chempionati ishtirokchisi “Dnepr-1” klubi bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” ayni paytda Ukraina premyer-ligasida 14ta klub orasida 14-o‘rinni egallab turgan “Dnepr-1″ni yirik hisobda mag‘lub etishdi.

“Lokomotiv” safida Sanjar Qodirqulov, Sadriddin Abdullayev va Diyorjon Turopov gol urishdi.
Bungacha “Temiryo‘lchilar” Ukrainaning “Desna” (0:0) va Latviyaning “RFS” (0:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishgandi.

“Lokomotiv” – “Dnepr-1” 3:0
Gollar: Sanjar Qodirqulov 46, Sadriddin Abdullayev 63, Diyorjon Turopov 86.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Islomjon Qobilov, Diyego Bardanka, Xurshid Muxtorov, Kaxi Maxaradze, Gʻulom Haydar Gʻulomov, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Amanov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Boburjon Asqarov, Dilshod Komilov, Sadriddin Abdullayev, Javohir Sidiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmayev, Shohruh Isoqov, Ibrohim Gʻanixonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Jaloliddin Jumaboyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.

photo_2021-02-07_17-46-36 photo_2021-02-07_14-52-37 photo_2021-02-07_14-52-36 photo_2021-02-07_14-52-35-2 photo_2021-02-07_14-52-35 photo_2021-02-07_14-52-34

UCHRASHUV VIDEOSI

https://youtu.be/N3T1Fky7bwY