➡️ 28 yanvardan boshlangan Turkiya yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi. “Temiryo‘lchilar” o‘tgan 15 kun mobaynida Side shahrida mavsumga tayyorgarlikni olib borishdi.
➡️ Jamoamiz bugun Toshkentga qaytib, dushanbadan yana mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Turkiya yig‘ini yakunida bosh murabbiy Mikael Sekeyra jamoa a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️ Yig‘ilishda portugaliyalik murabbiy yig‘in qanday o‘tgani bo‘yicha o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi. So‘zga chiqqan “Lokomotiv” PFK sport direktori Ravshan Muqimov ham yig‘in bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, joriy mavsumda jamoamizga omad tiladi.
➡️ O‘z navbatida “temiryo‘lchilar” sardori Kaxi Maxaradze ham yigitlar nomidan so‘z olib, jamoamiz bu yil faqat yuqori o‘rinlar uchun harakat qilishini aytib o‘tdi.