Jamoamiz mashg‘ulotlarga qaytdi

➡️ 12 fevral kuni Turkiya yig‘inidan qaytib kelgan “Lokomotiv” bugundan yana mashg‘ulotlarni boshladi. Jamoamizning bugungi mashg‘uloti TTYMI stadionida olib borildi.

➡️ Hozirgi kunda to‘rt nafar futbolchimiz – Javohir Ilyosov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Qodirqulov hamda Islom Qobilov O‘zbekiston MTJ yig‘inida bo‘lib turishibdi.

➡️ Uch nafar futbolchimiz – Dilshod Komilov, Avazbek O‘lmasaliyev va Bobur Asqarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasi yig‘inida ishtirok etishyapti.