“Lokomotiv” Antalyaning Side shahriga yetib keldi va mehmonxonaga joylashdi 🚂⚽️

✈️🚌 Bugun ertalab Toshkentdan Turkiya sari parvoz qilgan “temiryo‘lchilar” besh soatdan ko‘proq uchish va avtobusda bir soatlik yo‘ldan so‘ng belgilangan manzilga yetib kelishdi.

➡️ “Lokomotiv” delegasiyasi Side shahridagi “The Sense De Luxe Hotel” mehmonxonasiga joylashdi. Uzoq davom etgan parvoz hamda avtobusda yo‘l yurish sababli murabbiylar shtabi bugun futbolchilarga dam berishga qaror qilishdi.

⚽️ Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidan o‘rin olgan Turkiya yig‘ini 12 fevralga qadar davom etadi. Jamoamiz ertadan maydondagi mashg‘ulotlarni boshlaydi

photo_2021-01-28_20-15-14 photo_2021-01-28_20-15-01 photo_2021-01-28_20-14-49 photo_2021-01-28_20-14-23

❤️💚 #LPFC 🚂💨 #TurkeyCamp🇹🇷