“Lokomotiv” bugun bir mahal shug‘ullandi, ertaga o‘rtoqlik uchrashuvi bor ⚽️✅

➡️ 28 yanvardan Turkiyaning Side shahrida qishki o‘quv-yig‘in olib borayotgan “Lokomotiv” mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda.

➡️ Bugun “temiryo‘lchilar” maydonda bir mahal shug‘ullanishdi. Sababi jamoamiz ertaga dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib – Ukrainaning “Desna” klubi.

➡️ Raqib haqida ma’lumot bersak, “Desna” Ukraina oliy ligasida to‘p suradi va birinchi davradan so‘ng chempionatda 3-o‘rinda boryapti. Peshqadam “Dinamo Kiyev” 30 ochko to‘plagan, 2-o‘rindagi “Shaxtyor” hisobida 29 ochko mavjud bo‘lib, “Desna” 13 tur yakunlariga ko‘ra 23 ochko to‘plagan.

➡️ Ertangi bellashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da start oladi. Mazkur bahsda “temiryo‘lchilar”ga omad tilab qolamiz. 👏💪

photo_2021-01-30_20-01-25 photo_2021-01-30_20-01-20 photo_2021-01-30_20-01-15 photo_2021-01-30_20-01-18 photo_2021-01-30_20-01-14 photo_2021-01-30_20-01-12 photo_2021-01-30_20-01-08