📸 “Lokomotiv” Turkiyadagi birinchi o‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etdi 🚂⚽️

28 yanvardan Turkiya yig‘inini boshlagan “temiryo‘lchilar” dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi.

➡️ “Lokomotiv” yig‘in davomida to‘rtta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishni maqsad qilgan. Jamoaning birinchi o‘yini Ukraina klubi “Desna”ga qarshi kechdi. Ma’lumot uchun, “Desna” Ukraina oliy ligasida 3-o‘rinda boryapti.

➡️ “Loko” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra mazkur bellashuvda ikki xil tarkibni sinab ko‘rdi. Birinchi taymda quyidagi futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin olishdi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, Sherzod Fayziyev, Jaloliddin Jumaboyev, Shuhrat Muhammadiyev, Sadriddin Abdullayev, Azizbek Amonov, Diyor Turopov, Gʻulom-Haydar Gulyamov, Sanjar Qodirqulov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

➡️ Ikkinchi bo‘limda esa ushbu futbolchilar o‘yinni boshlashdi: Abdumavlon Abdujalilov, Xurshid Muxtorov, Diyego Bardanka, Islom Qobilov, Farrux Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sidiqov, Islom Rashidxonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Javohir Alijonov, Marat Bikmayev.

➡️ O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida zaxiradan Bobur Asqarov bilan Ibrohim Gʻanixonov tushirildi.

➡️ Uchrashuv “Loko” ustunligida kechdi. “Temiryo‘lchilar” bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirishdi, lekin gol urish nasib etmadi. Shu tariqa “temiryo‘lchilar” Turkiyadagi ilk nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etishdi.

photo_2021-02-01_00-46-14 photo_2021-02-01_00-46-06 photo_2021-02-01_00-45-54 photo_2021-02-01_00-45-38 photo_2021-02-01_00-45-25 photo_2021-02-01_00-45-17 photo_2021-02-01_00-45-10 photo_2021-02-01_00-45-03 photo_2021-02-01_00-44-56