✅ Diego Bardanka Florez – “Lokomotiv” futbolchisi!

Ispaniyalik himoyachi faoliyatini “Lokomotiv”da davom ettiradi.👏

🇪🇸 Ispaniyaning “Deportivo” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diego Bardanka Florez bundan buyon klubimiz sharafini himoya qiladi. Gladiatorlarga xos antropometrik ko’rsatkichlarga ega himoyachi jamoamizga “Indjiya”dan kelib qo’shildi.

🔝 190 sm bo’yli, 80 kg vaznli chapaqay himoyachi ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bemalol o’ynay oladi. Bunga qadar u “Valyadolid”, “Rekreativo”, “Levante” kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

Shu o‘rinda Diega Bardankaga “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz. 🚂💪

photo_2021-01-27_10-52-00-2