“Lokomotiv” futzalchilari 9-turda 10ta gol urishdi 🚂💪

23-25 dekabr kunlari futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 9-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. “Lokomotiv” futzal klubi 3ta bahsda ishtirok etib, 2 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

✅ 23 dekabr. “O‘zbekiston” sport majmuasi
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 5:3

✅ 24 dekabr. “Bunyodkor” akademiyasi
“Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv” 3:0

✅ 25 dekabr. “O‘zbekiston” sport majmuasi
“Lokomotiv” – “Nasaf” 5:4

Futzalchilarimiz bu turda 10ta gol urishdi. Eng ko‘p gol 72-raqamdagi futzalchimiz Boburbek Ergashev hisobiga yozildi. U uch marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Boburbek Ergashev – 3
Ilhom Karimov – 2
Ravshanbek Asqarjonov – 2
Mirzohid Xaydarxo’jayev – 1
Akmal Elmurodov – 1
Husniddin Ashurov – 1