Xayr 2020, Salom 2021! 🚂⚽️

❄️ Mana yangi yilning birinchi kunini ham qarshi oldik. O‘tgan yil barchamiz uchun og‘ir va sinovli bo‘ldi. 😷Koronavirus ko‘p sohalar kabi futbolga ham katta zarba berdi.

🙏 Umid qilamizki, bu yil o‘tgan yilgi qiyinchiliklar ortda qolib, hammasi boshqacha bo‘ladi. Millionlar o‘yini atalmish futbol yana muxlislarga zavq ulashishda davom etadi.⚽️❤️

🚂 Yangi mavsumda “Lokomotiv” PFK ham o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ygan. Asosiy jamoamiz bilan birgalikda yoshlar va o‘smirlarimiz, futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari, futzal va ayollar jamoamiz ham bu yil ijobiy yutuqlarga erishishida tilakdoshmiz. 🙏

Yangi 2021 yil barchamiz uchun qutlug‘ kelsin! 👏

photo_2021-01-01_13-54-42