“Lokomotiv”da o‘ynab muxlislar mehrini qozongan Ikrom Aliboyev 27 yoshda! 🎂

Bugun jamoamiz safida yorqin o‘yinlar namoyish etib, muxlislar qalbidan joy olgan Ikrom Aliboyev ham tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Aliboyev deganda ko‘z oldimizga jussasi kichik, lekin o‘ta abjir va to‘p bilan juda yaxshi muomala qiladigan futbolchi keladi. Aliboyevning “Loko”dagi debyuti 2013-yil amalga oshgan. O‘shanda u oliy ligada 3ta bahsda maydonga tushgandi.

2014-yilni o‘rinbosarlar safida o‘tkazgan Ikrom 2015-yildan “Loko”ning asosiy tarkib a’zosiga aylandi. U 2015-yil oliy ligada 25, 2016-yil 22, 2017-yil 22 hamda 2018-yil 25 o‘yinda maydonga tushib, jamoamiz yutuqlariga o‘z hissasini qo‘shgan.

Aliboyev kam gol ursa-da, zarbalari chiroyli chiqadi. Uning 2018-yil Osiyo chempionlar ligasida “Al Vahda”ga urgan goli yodingizdami? O‘shanda yosh iqtidor egasi maydon markazidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Shu o‘rinda Ikrom Aliboyevni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etib, uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz. 🚂👏