Yangi bosh murabbiy Toshkentga yetib keldi 🚂⚽️

👉 “Lokomotiv” futbol klubiga bosh murabbiy etib Mikael Sekeyra tayinlangani haqida xabar bergandik.

✅ Portugaliyalik mutaxassis bugun tongda Toshkentga tashrif buyurdi. Mikael Sekeyra ertaga jamoa a’zolariga tanishtiriladi.

▶️ Futbolchilarimiz ertadan boshlab uch kun mobaynida tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Shundan so‘ng mashg‘ulotlarga start beriladi.

P.S. Suratda chapdan birinchi – darvozabonlar murabbiyi Daniel Chabrera, bosh murabbiy Mikael Sekeyra, “Lokomotiv” PFK xalqaro bo‘lim mutaxassisi Sardor Akramov.