Abdumavlon Abdujalilov – “Lokomotiv” futbolchisi! 🚂⚽️

✅ 26 yoshli darvozabon “Lokomotiv” PFK bilan shartnoma imzoladi.

O‘tgan ikki yilni “Bunyodkor” tarkibida o‘tkazgan iqtidorli darvozabon ushbu mavsumdan boshlab “temiryo‘lchilar” darvozasini qo‘riqlaydi.

👉 Ma’lumot uchun, Abdumavlon Abdujalilov 1994 yil 22 dekabrda tug‘ilgan. O‘zbekiston chempionatidagi ilk mavusumini 2016 yil “Neftchi”da o‘tkazgan. 2016-2018 yillar mobaynida “Neftchi” darvozasi qo‘riqlagan Abdujalilov “Bunyodkor”ga yo‘l olib, ikki mavsum davomida ushbu jamoada to‘p tepdi.

Shu o‘rinda Abdumavlon Abdujalilovga “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz. 👏👏