Mikael Sekeyra jamoa bilan tanishdi 🚂⚽️

👉 “Lokomotiv” PFK yangi bosh murabbiyi Mikael Sekeyra yig‘in oldidan jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Portugaliyalik mutaxassis dastlab futbolchilar istiqomat qiladigan qarorgohdagi sharoitlarni o‘rgandi.

➡️ Shundan so‘ng asosiy jamoamiz uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashdi.

✅ Mikael Sekeyra jamoamiz vakillari bilan tanishib bo‘lgach, shunday dedi:
– “Men bu yerga Portugaliyadan shunchaki vaqt o‘tkazish uchun kelganim yo‘q, balki kuchli jamoani shug‘ullantirish uchun keldim. O‘tgan bir oy ichida “Lokomotiv”ni o‘rgandim, bir qancha o‘yinlarini ko‘rdim. Barchamiz bir bo‘lib harakat qilsak, yana yuqori marralarni zabt eta olamiz. Buning uchun men sizga yordam beraman, siz esa menga”.