Xurshid Muxtorov – “Lokomotiv” futbolchisi 🚂👏

👉 Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “Lokomotiv” o‘z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirib oldi.

✅ Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o‘ynay oladigan Xurshid Muxtorov to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana “temiryo‘lchilar” safiga qaytdi.

➡️ Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil “Qo‘qon-1912” safida boshlab, keyinchalik “So‘g‘diyona”ga yo‘l olgan. U 2016 yil bir davra “Loko” sharafini himoya qilib, so‘ngra AGMKga o‘tib ketgandi.

➡️ Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o‘tkazib, 2019 yil “Nasaf” hamda 2020 yil “Navbahor”da faoliyat yuritdi.

Shu o‘rinda Xurshid Muxtorovga ham “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz. 👍