Andrey Miklyayev: “Agarda birinchi bo‘lib gol urganimizda barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi”

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida AGMKga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev fikrlarini bildirib o‘tdi.
– O‘yinni to‘liq gapirmoqchi emasman. Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Kubok o‘yinlari shunday: gol o‘tkazib yuborasan va tiklanish qiyin bo‘ladi. O‘zimiz sovg‘a qildik. Ikkinchi golda ham bir necha futbolchilarga to‘p tekkanidan keyin gol bo‘ldi. Haqiqiy kubok o‘yini. Agarda birinchi bo‘lib gol urganimizda barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. AGMKni navbatdagi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun omadsiz kunimiz ekan.

– Timur Kapadze qoladimi yoki ketadimi?
– Bu savol menga emas, rahbarlarga berilishi kerak.

– Kelasi mavsum uchun rejalar ishlab chiqildimi? Yangi futbolchilar bilan kelishuvlar amalga oshirilganmi? Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Yo‘q, kelasi yil borasida hali gaplashib olmadik. Pandemiya sababli taqvim juda og‘irlashib ketdi. Kelasi mavsum qachon boshlanishini kimdir ayta oladimi? Men ham sizlar kabi hech nimani bilmayman va hech nima deya olmayman.