📹 Andrey Miklyaev: “Agar g’alaba qozonganimizda, turnir jadvalida yuqoriga ko’tarilgan bo’lardik”

Superliga 26-turdan o’rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so’ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

“Avvalo “Nasaf”ni kumush medallarni qo’lga kiritgani bilan tabriklayman. Ular mavsumni har tomonlama munosib tarzda yakunlashdi. Bugun oxirgi tur, kimga kerak yoki kerak emas edi. Bu o’yindagi g’alaba turnir jadvalida biroz yuqoriroqqa ko’tarilishimizga yordam berishi mumkin edi. Harakat qildik, intildik. Bugungi o’yin kurashlarga boy o’tdi. Maydondagi bahs shiddatli kechdi, lekin vaziyatlar kam bo’ldi. Golsiz esa g’alaba qozonib bo’lmaydi”,- deydi Andrey Miklyaev.