U-21 birinchiligi yakunlari. “Lokomotiv” mavsumni 7-o‘rinda tugatdi

Bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan so‘ng bu yilgi U-21 birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘tgan yil chempionlikni qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” yoshlari bu mavsum 7-o‘rin bilan kifoyalanishdi. 👇

👉 Futbolchilarimiz 26ta o‘yinning 8tasida g‘alaba qozonib, 8 bor mag‘lub bo‘lishdi va 10 bor durang o‘ynashdi. To‘plar nisbati 34-33 ko‘rinish oldi. Jamoa yakunda 34 ochko to‘pladi.

✅ “Lokomotiv” U-21 g‘alaba qozongan o‘yinlar: “Surxon” 4:1, “Qo‘qon-1912” 2:0, “Andijon” 2:0, “Navbahor” 2:1, “So‘g‘diyona” 3:1, “Mash’al” 4:2, AGMK 1:0 va “Nasaf” 1:0.

⚽️ Eng yirik g‘alaba “Surxon” ustidan qo‘lga kiritildi – 4:1.
⚽️ Eng yirik mag‘lubiyat “Buxoro” bilan bahsda ro‘y berdi – 0:4.
⚽️ Gollarga boy o‘yin “Paxtakor” bilan bahsda qayd etildi – 3:5.
⚽️ “Lokomotiv” U-21 26ta uchrashuvning 17tasida gol urdi.