“Nasaf”ga qarshi o’yinni Rahimbek Karimov boshqaradi

O’zPFL matbuot xizmati Coca Cola Superligasi 26-turidan o’rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi.

Unga ko’ra, Qarshidagi uchrashuvni Rahimbek Karimov boshqarib boradi. Unda qanotlarda Aleksandr Sidorov, Damir Iskanderov yordam bersa, Ahmadjon Ergashev zahira hakami sifatida qayd etilgan. Uchrashuv nazoratchisi – Noil Lutfullin. O’yin komissari sifatida Zohid Akramov ishlab boradi.

“NASAF” – “LOKOMOTIV”
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Damir Iskanderov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin.
Komissar: Zohid Akramov.