👉 Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
✅ “Lokomotiv-W” sardori va yetakchisi Dildora Ergasheva bu yilgi oliy liga bahslarida o‘zini ko‘rsatib, 29ta gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritdi. Bu borada ikkinchi o‘rin “Bunyodkor-W” hujumchisi Lyudmila Karachikka (26 gol) nasib etdi.
⚽️ Dildora Ergasheva “Surxon-W”ga 12ta, “Sevinch”ga 1ta, “Qizilqum-W”ga 2ta, “Buxoro-W”ga 5ta, AGMK-Wga 2ta, va “Andijanka”ga 7ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ajoyib ko‘rsatkich bilan Ergashevani tabriklab qolamiz! 👏