Bugun professional futboldagi ilk golini urib, “Lokomotiv”ning g‘alabasini ta’minlagan yosh futbolchimiz Javohir Alijonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Og‘ir, qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Barcha futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurashib, g‘alaba uchun intildi. Hudoga shukur, muvaffaqiyat qozondik.
– Golni nishonlaganingiz haqida gapirsangiz. Nega unday uslubda nishonladingiz?
– Bu tasodifan bo‘ldi. Hissiyotlarga berilib ketdim. Hatto o‘zim ham bunday nishonliman deb o‘ylamagandim. Juda xursand bo‘lib ketdim. Bunday paytda nima qilayotganimni o‘zim ham tushunmay qoldim.
– Nega almashtirish so‘radingiz? Ahvolingiz yaxshimi?
– Oyog‘imning orqa mushaklari tortishib qoldi, to‘g‘risi, yugurishga biroz qiynalib qoldim. Hozir yaxshi holatdaman.
– O‘yindan keyin oila a’zolaringizdan kim sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilib tabrikladi?
– Onajonim. Doimiy ravishda meni qo‘llab-quvvatlaydigan mehribonim. Albatta, bundan keyin ham qattiq harakat qilaman, ko‘proq gollar urishga intilaman. Shu o‘rinda, ushbu golimni rahmatli tog‘amga bag‘ishlayman. Ular kichkinaligimda meni yaxshi ko‘rardilar, eng yaqin insonlarimdan biri edilar. Ular futbolga endi borib yurgan paytlarimda menga doim dalda bo‘lganlar. Ularni yoddan chiqara olmayman.