Ertaga “Lokomotiv” U-18 final o‘yinida maydonga tushadi 🚂🏆

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Respublika U-18 birinchiligi ertaga o‘z nihoyasiga yetadi. PFL ushbu musobaqani faqat bir davrali tizimda o‘tkazishni maqsad qilgan va 13-tur yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Shu bois ertangi final uchrashuvi “Lokomotiv” va “Nasaf” U-18 jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va soat 10:00da boshlanadi. Turnir jadvalida har ikki jamoa bir xil ochko to‘plagan va 1-2 o‘rinlarni egallab turibdi. Ikkala jamoada 9tadan g‘alaba, bir durang va ikkita mag‘lubiyat bor. Faqat to‘plar nisbati “Lokomotiv”da 34-14, “Nasaf”da esa 23-11. Ko‘rinib turibdiki, ertaga kim g‘olib chiqsa, o‘sha chempion bo‘ladi.

Shuningdek, 3-o‘rinda kelayotgan “Navbahor”da ham chempionlik imkoniyati saqlanib qolgan. Ertangi muhim bellashuvda Rifat Akramxo‘jayev boshqaruvidagi “Lokomotiv” U-18 jamoamizga omad tilab qolamiz. 👍🙏