Bugun futbol. “Lokomotiv” – AGMK 🚂⚽️

👉 Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng bugun yana Superliga bahslari boshlanadi.

✅ “Lokomotiv” o‘z maydonida Olmaliq shahrining AGMK jamoasini qabul qiladi. Turnir jadvalida “Lokomotiv” 28 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. AGMK hisobida esa 42 ochko mavjud bo‘lib, bu jamoa 3-o‘rinda boryapti.

✅ Bugungi o‘yin “Loko” uchun qatorasiga uchta safar uchrashuvidan so‘ng o‘z maydonidagi ilk bahs bo‘ladi. “Temiryo‘lchilar” bungacha Navoiy Termiz va Muborakda to‘p tepib, har uchala o‘yinda durang qayd etishdi.

✅ Umuman ikkinchi davra boshlanganidan beri “Loko” 4 marta g‘alaba qozonib, 4ta bellashuvda durang o‘ynadi va bir bor mag‘lub bo‘ldi. Jamoa bungacha o‘z maydonidagi har ikki bahsni g‘alaba bilan yakunladi: “Navbahor” va “Bunyodkor” mag‘lub etildi.

👉 Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlagan AGMK bitta o‘yinda durang qayd etib, qatorasiga 4ta bellashuvda zafar quchdi. Biroq oxirgi uch turda faqat mag‘lubiyatga uchradi. AGMK “Nasaf”ga 0:2, “Qo‘qon-1912″ga 0:1 va “Paxtakor”ga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

👉 AGMK ikkinchi davra start olganidan so‘ng 6ta uchrashuvni safarda o‘tkazdi: bunda 3 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etildi.