“Loko” futbolchilari 6️⃣-noyabrga qadar ta’tilga chiqishdi

FIFA kunlari (9-17 noyabr) sabab O‘zbekiston chempionatida tanaffus yuzaga keldi.

“Lokomotiv” o‘zining navbatdagi rasmiy uchrashuvini 19 noyabr kuni AGMKga qarshi o‘tkazadi. Ungacha jamoamiz yig‘in tashkil etadi hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan “Mash’al”ga qarshi bahsdan so‘ng murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli hordiq berishdi. 6 noyabrdan boshlab jamoa o‘z qarorgohida yig‘ilib, mashg‘ulotlarni davom ettiradi.