Bugun futbol. “Mash’al” – “Lokomotiv” ⚽️

Bugun muborak shahrida Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi. 👇

Turnir jadvalida har ikki jamoa ketma-ket o‘rinlarni egallab turibdi. “Lokomotiv” 27 ochko bilan 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 19 ochko to‘plagan “Mash’al” 10-o‘rinda bormoqda.

✅ Ikkinchi davra boshlanganidan beri “Mash’al” faqat bitta o‘yinda g‘alabaga erishdi. Muborakliklar safarda “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etib qaytishdi. Shundan so‘ng jamoa barcha o‘yinlarni boy berdi. “Lokomotiv” esa ikkinchi davrada 4 g‘alaba va uch durang qayd etdi.

✅ Bugun bahs “Mash’al” uchun ikkinchi davra hisobidan o‘z maydonidagi 6-uchrashuv bo‘ladi. Jamoa bungacha beshta o‘yinning hammasida imkoniyatni boy bergan. “Gazchilar” uyda “Bunyodkor” (1:2), “Surxon” (0:1), AGMK (0:2), “Qo‘qon-1912” (1:2), “Paxtakor” (1:4) klublariga mag‘lub bo‘lishdi.

✅ “Loko” ikkinchi davrada hozircha 6ta bahsda maydonga tushdi. Shundan ikkitasida g‘alaba qozongan “temiryo‘lchilar” uch bor durang o‘ynab bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. “Lokomotiv” safarda “Andijon” va “Buxoro”dan ustun kelib, “Metallurg”, “Qizilqum” va “Surxon” klublari bilan durang qayd etdi.

✅ Toshkentda kechgan birinchi davra o‘yinida “Mash’al” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib ketgandi. Bugun “Loko” o‘sha mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘radi.

❗️Fakt: “Lokomotiv” Muborakda bo‘lib o‘tgan “Mash’al”ga qarshi bahslarning oxirgi beshtasida faqat g‘alaba qozongan.

2017. “Mash’al” – “Lokomotiv” 0:1
2016. “Mash’al” – “Lokomotiv” 0:4
2015. “Mash’al” – “Lokomotiv” 1:3
2014. “Mash’al” – “Lokomotiv” 0:2
2012. “Mash’al” – “Lokomotiv” 1:2