🎤 Kaxi Maxaradze: “Termizda g‘alaba qozonishimiz kerak edi”

Bugun bo‘lib o‘tgan “Surxon” – “Lokomotiv” 1:1 bahsidan so‘ng jamoamiz sardori Kaxi Maxaradze o‘z fikrlarini bildirdi.

– Biz yutadigan o‘yin edi, lekin bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Natijada bahs durang bilan yakun topdi. Maydon holati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Juda yomon maydonda to‘p tepishga to‘g‘ri keldi. Raqibga ham yaxshi baho berish kerak, ular ham astoydil harakat qilishdi. Menimcha, durangdan “Surxon” qoniqdi, lekin biz emas. Hozir shamol yoki boshqa narsani bahona qilgandan foyda yo‘q, asosiysi yuta olmadik. Endi keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.