Bugun futbol. “Surxon” – “Lokomotiv”

⚽️ Bugun Termizda Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi. 👇

👉 Soat 15:00da boshlanadigan uchrashuvni “Sport” kanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni rejalashtirgan. Turnir jadvalida “Loko” 26 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. “Surxon” hisobida 12 ochko bo‘lib, bu jamoa 13-o‘rinda boryapti.

✅ Bugungi bahs “Lokomotiv” uchun ikkinchi davra hisobidan safardagi 5-uchrashuv bo‘ladi. “Temiryo‘lchilar” bungacha beshta safar bellashuvida ikki g‘alaba, ikkita durang va bir mag‘lubiyat qayd etishgan.

✅ “Surxon” bugun ikkinchi davra hisobidan o‘z maydonidagi 4-o‘yinini o‘tkazadi. Termizliklar uydagi oxirgi 4ta o‘yindan bittasida g‘alaba qozonib, uch bor mag‘lub bo‘lishdi. Xususan jamoa AGMK, “Qo‘qon-1912” va “Paxtakor”ga umumiy 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ya’ni bu o‘yinlarda maydon egalari to‘p kirita olishmadi.

👉 “Lokomotiv” oxirgi uchta safar uchrashuvidan beri g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa “Metallurg” va “Qizilqum” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “So‘g‘diyona”ga mag‘lub bo‘ldi.

🙏 Umid qilamizki, bugun jamoamizning omadi kelib navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritadi.

#Superliga #LPFC #LokomotivUzb #GoReds